Yo'l harakatini tashkil etish samaradorligini, yo'llarning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, yo'l harakati ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari tizimida yo'l harakati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.
Ilm-fan yutuqlaridan, yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar natijalaridan maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yo'l harakatini tashkil etish chog'ida, shu jumladan yo'l harakatini tashkil etishning axborot tizimlari va texnik vositalarini takomillashtirish uchun foydalaniladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
50-modda. Yo'l harakati sohasida ilm-fan yutuqlaridan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.