Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

39-modda. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash

Yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo'lganda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Transport vositalarining texnik nosozliklari ro'yxati va bunday nosozliklar mavjud bo'lganda ulardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yo'l harakati qoidalarida belgilanadi. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.