Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

35-modda. Transport vositalari egalarining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir majburiyatlari

(35-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Transport vositasiga mulk huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi shaxs transport vositasining egasidir. Transport vositasini o'z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo'lmaydi. Transport vositalarining egalari: texnik jihatdan soz transport vositalaridan foydalanishi; transport vositalarining tegishli malakaga ega bo'lgan va tibbiy ko'rikdan o'tgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi; transport vositalaridan foydalanish chog'ida boshqa shaxslarning hayotiga, sog'lig'iga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun o'z fuqarolik javobgarligini «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy sug'urta qilishni amalga oshirishi; transport vositalarining alkogoldan mast holatda yoki psixoaktiv moddalar ta'siri ostida yoxud o'ta charchoq holatda bo'lgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga yo'l qo'ymasligi; yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilikka rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.