Pulli to'xtab turish joylarining egalari pulli to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to'lov miqdorini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo'lmagan tariflar bo'yicha mustaqil ravishda belgilaydi.
Pulli to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to'lov naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda, to'lov tizimlaridan, shu jumladan avtomatlashtirilgan to'lov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Pulli to'xtab turish joylarini tashkil etish chog'ida ushbu Qonunning 24-moddasida belgilangan talablar bajariladi.
Pulli to'xtab turish joylarining egalari quyidagi huquqlarga ega:
pulli to'xtab turish joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan foydalanuvchilarning ro'yxatini belgilash;
pulli to'xtab turish joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan transport vositalarining ro'yxatini belgilash.
Pulli to'xtab turish joylarining egalari:
pulli to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun avtomatlashtirilgan to'lov tizimini joriy etishi;
pulli to'xtab turish joylari tashkil etilgan hududda yo'l belgilari o'rnatilishini, shuningdek videokuzatuv tizimlari yoki qo'riqlashning boshqa texnik vositalari o'rnatilishi va uzluksiz ishlashini ta'minlashi;
to'xtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash bo'lgan to'xtab turish joylari orasidan nogironligi bo'lgan shaxslar boshqaradigan yoki ularni tashiydigan transport vositalari uchun to'xtab turish joylari ajratilishini ta'minlashi shart.
Pulli to'xtab turish joylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О дорожном движении» (2024)
25-modda. Pulli to'xtab turish joylariga doir talablar. Pulli to'xtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari
Oddiy tilda
**Pulli to'xtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari**
Nimani anglatadi
Pulli to'xtab turish joylari — mashinalarni pul to'lab qo'yish mumkin bo'lgan joylar. Ushbu joylarning egalari (kompaniyalar yoki tashkilotlar) o'z to'lov tariflarini belgilaydi, lekin davlat belgilagan chegaradan oshmasligi kerak. To'lov naqd yoki kartochka orqali qilinadi.
Kimga tegishli
Bu huquq va majburiyatlar pulli to'xtab turish joylarini boshqaradigan tashkilotlar va kompaniyalarga tegishli.
Amalda
Masalan, shaharning pulli to'xtab turish joyining egasi soat uchun 5000 so'm tarifini belgilaydi, lekin davlat 7000 so'mdan oshmasligi kerakligini aytgan bo'lsa, u 5000 so'mni qo'llaydi. Shuningdek, u kamera o'rnatishi va nogironlar uchun maxsus joylar ajratishi shart.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.