Yo'l egasi quyidagi huquqlarga ega:
yo'llarni qurish, ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek ta'mirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;
ekstremal iqlim sharoitlarida, xususan, havo harorati ko'tarilib ketgan sharoitlarda yo'llarning va yo'l sun'iy inshootlarining texnik holatini saqlab turish maqsadida sutkaning muayyan vaqtida N2, N3 va M3 toifasidagi transport vositalarining harakatlanishini cheklash to'g'risida Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga takliflar kiritish.
Yo'l egasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Yo'l egasi:
yo'llarda yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari o'rnatilishini (montaj qilinishini), almashtirilishini, olib tashlanishini, ularga texnik xizmat ko'rsatilishini va ular o'z vaqtida ta'mirlanishini ta'minlashi;
yo'l harakatini tashkil etish uchun xavf tug'dirayotgan ko'p yillik dov-daraxtlar, ularning shoxlari, butalar, qonunga xilof qurilmalar, shuningdek materiallar va chiqindilar yo'lning qatnov qismidan olib tashlanishini ta'minlashi, bunda daraxtlarni va butalarni kesib tashlashni tabiat resurslari organlari bilan kelishgan holda amalga oshirishi;
yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan yoki yo'l harakati ishtirokchilari uchun xavf tug'diradigan joylarda yo'l harakatini tashkil etishning ogohlantiruvchi, shuningdek yo'naltiruvchi texnik vositalarini Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga ko'ra o'rnatishi;
ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, transport vositalarining yo'llarda (yo'llar uchastkalarida) harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash choralarini ko'rishi;
yo'l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlashi, shuningdek transport vositasiga chiqish va tushishda jamoat transporti yo'lovchilari uchun shart-sharoitlar yaratishi;
yo'l harakati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishi;
yo'l harakatini tashkil etishdagi o'zgarishlar to'g'risidagi axborotni yo'l harakati ishtirokchilariga ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda kamida bir sutka oldin yetkazishi;
Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga yo'llarning holati to'g'risida, ularga xizmat ko'rsatilishi, ularning yopilishi va ochilishi haqida, yo'llarda belgilangan cheklovlar va taqiqlar to'g'risida axborot taqdim etishi;
ekstremal iqlim sharoitlarida, yo'lning qatnov qismida yaxmalak hosil bo'lganda va favqulodda vaziyatlar ro'y berganda yo'l harakatini tashkil etishdagi o'zgarishlar haqidagi axborotni darhol maxsus vakolatli davlat organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborishi, shuningdek bu haqda yo'l harakati ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Yo'l egasining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
15-modda. Yo'l egasining huquq va majburiyatlari
(15-модда учинчи қисмининг ўнинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.