Порядок рассмотрения административных дел о нарушениях ПДД (ПКМ №2240)

63¹-band. IV. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish — 63¹-band

Agar ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g'ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o'ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarlik bo'yicha ish yangidan ko'rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.