Порядок рассмотрения административных дел о нарушениях ПДД (ПКМ №2240)

45¹-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 45¹-band

Quyidagi hollarda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi: tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda; tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to'siqsiz o'tib ketishi uchun yo'l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda. Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish to'g'risidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki og'zaki shaklda xabardor etishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.