Порядок рассмотрения административных дел о нарушениях ПДД (ПКМ №2240)

15¹-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 15¹-band

Yo'l-transport hodisasi haqida berilgan xabar yuzasidan DYHXX xodimi hodisa sodir bo'lgan joyga yetib kelganda yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma O'zbekiston Respublikasining «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi Qonunining 20¹ va 20²-moddalariga muvofiq tuzilgan bo'lsa, DYHXX xodimi ushbu xabarnoma nusxasini olib bildirgi asosida ichki ishlar organlari navbatchilik qismiga topshiradi. Bunda, yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish uchun O'zbekiston Respublikasining «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi Qonunining 20¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan istalgan bittasi mavjud bo'lmagan taqdirda DYHXX xodimi yo'l-transport hodisasini umumiy tartibda rasmiylashtirib, to'plangan hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.