Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi to'lanmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organi hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda avtotransport vositalarini ushbu jarima summasi to'liq undirilgunga qadar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 291-moddasida belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga oladi.
Agar eksport yuklarini tashish jarayonida yo'l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi bo'yicha jarima summasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda, keyinchalik to'lash sharti bilan, shu jumladan jarima summasi to'lanmagan taqdirda mazkur transport vositasi yoki mulkdorga (haydovchiga) tegishli boshqa transport vositasi kelgusida O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlovga olinishi to'g'risida 2-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida yozma ravishda ogohlantirilib, vaqtincha saqlovga olinmasdan bojxona postining respublikadan chiqish yo'nalishi orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Bunda chiqish bojxona posti xodimi Davlat bojxona qo'mitasining ma'lumotlar bazasida ushbu bandga muvofiq transport vositasi haydovchisi ogohlantirilganligi to'g'risida tegishli belgi qo'yadi.
Ogohlantirish berilganlik bo'yicha jarima summasi to'lanmagan transport vositasi yoki mulkdorga (haydovchiga) tegishli boshqa transport vositasi O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganda vaqtincha saqlovga olinadi va to'lanmagan qarzdorlik summasini mazkur Nizom hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq undirib olish choralari ko'riladi.
Bunda tashqi savdo yuklari tashuvlari amalga oshirilayotgan bo'lsa, to'lanmagan qarzdorlik summasini undirib olish choralari chegara yoki tashqi savdo yuklari yetkazib beriladigan manzildagi bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Tranzit tashuvlarni amalga oshirishda esa yo'l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi bo'yicha qarzdorlik summalari to'lanmagunga qadar respublika hududiga kiritilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnМеры по обеспечению соблюдения ПДД (ПКМ №463, 2020)
15-band. 2-bob. Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimani undirish — 15-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.