O'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish ob'yektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
O'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish ob'yektlarini suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
91¹-modda. Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari
(91¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон — 2021 йил 18 ноябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.