Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshirmaslikka, o'zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o'zgartirishga, yerlarning toifasidan qat'i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o'zboshimchalik bilan qurishga yo'l qo'ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bog'liq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auktsionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan beg'araz asosda so'rash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so'ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
83¹-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
(83¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон — 2021 йил 18 ноябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.