Yer kodeksi

61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish), olib qo'yish va qayta sotib olish tartibi

(61-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qo'yish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qo'yish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolar egaligidagi, ko'p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qo'yish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli bo'lgan uy-joylarni buzish bilan bog'liq holda yer uchastkalarini olib qo'yish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.