Yer kodeksi

55-modda. Dehqon xo'jaligini yuritish, shuningdek yakka tartibdagi bog'dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish

(55-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Dehqon xo'jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi. Dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Dehqon xo'jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog'dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.