Bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari quyidagi o'lchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xo'jaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 1¹-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
1¹) dehqon xo'jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;
2) fermer xo'jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bog'dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug'oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va g'allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
g'allachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-to'qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
g'allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bog'dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug'oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
46¹-modda. Bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o'lchamlari
(46¹-модда 2-бандининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 июлдаги ЎРҚ-936-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.07.2024 й., 03/24/936/0522-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.