Yer kodeksi

45¹-modda. Bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari

(45¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yer uchastkasiga bo'lgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga qaytarilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalaridir. Bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tuman, shahar hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun berish faqat bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari hamda zaxira fondi yerlari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.