Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xo'jalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to'la hajmda qoplanishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo'lgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya to'la hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa ko'chmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
41-modda. Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning kafolatlari
(41-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.