Yer kodeksi

39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari

(39-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 1) yer uchastkasida undan ruxsat etilgan foydalanishning turlariga muvofiq mustaqil xo'jalik yuritish; 2) qishloq xo'jalik ekinzorlari va ko'chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo'jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo'lgan mulk huquqi; 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o'rmonzorlar, suv ob'yektlaridan xo'jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sug'orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o'tkazish; 5) qishloq xo'jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug'orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug'orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning turlari va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli; 7) yer uchastkasi olib qo'yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to'lanishini talab qilish; 8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo'jalik ijarasiga berish; 9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish; 10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi o'z huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga o'tkazish (qayta ijaraga berish); 11) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirish. Yer egasi bo'lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo'jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo'yishi mumkin. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.