Ko'chmas mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko'chirma yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Ko'chmas mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko'chirma yer uchastkasiga bo'lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to'g'risidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo'lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo'linmalarining yer uchastkasini bo'lish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi.
Yer uchastkasiga bo'lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro'yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
33-modda. Yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
(33-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.