Servitut kimning manfaatlarini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxs, agar qonunda yoki servitut to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, servitut uchun haq to'lashi shart.
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer solig'i (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Servitut uchun haq to'lash bir martalik yoki muntazam to'lab boriladigan ko'p martalik to'lov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer solig'i (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan to'lanadi, bunda servitut uchun to'lanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer solig'i (ijara haqi) summasidan kam bo'lishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
tunnellarda avtomobil yo'llari yoki temir yo'llari qurish, shuningdek avtomobil yo'llarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
muhandislik-texnik jihatdan ta'minlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
30⁶-modda. Servitut uchun haq to'lash
(30¹— 30⁶-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.