Yer kodeksi

24²-modda. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish

(24²-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 июлдаги ЎРҚ-936-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.07.2024 й., 03/24/936/0522-сон)

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo'lgan muddatga, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari esa qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish uchun o'n yilgacha bo'lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Foydalanishga kiritilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 24¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko'ra belgilanadi va u qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo'lishi mumkin emas. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob'yekti bo'lishi mumkin emas. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko'ra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Agar qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo'ladi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko'ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.