Yer kodeksi

13-modda. Yer tuzish loyihasini ko'rib chiqish va tasdiqlash

(13-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o'zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo'ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo'jaligi hamda o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Xo'jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ichki xo'jalik yer tuzish loyihalari tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sug'orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo'lgan qurilish ob'yektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xo'jalik yer tuzish loyihalari esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o'zgartirishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi. Bunda qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sug'orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo'lgan qurilish ob'yektlarining turlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer tuzishni O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi organlari davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo'jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.