Mehnat organlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta'minlash va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo'ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o'zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo'yicha mulk shakllaridan qat'i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o'tkazadi;
ish qidirayotgan va og'ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zo'rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash va kasbga yo'naltirishga ko'maklashish choralarini ko'radi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(9-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 9 декабрдаги ЎРҚ-736-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.12.2021 й., 03/21/736/1144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.