«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo'llash uchun asoslar

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo'llash uchun quyidagilar asos bo'ladi: tazyiq va zo'ravonlik qurbonining murojaati; jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari; tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi; davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar. Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo'ravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart. Ichki ishlar organlari tazyiq va zo'ravonlik to'g'risida og'zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo'yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.