«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

11-modda. Davlat sog'liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog'liqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

(11-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 9 декабрдаги ЎРҚ-736-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.12.2021 й., 03/21/736/1144-сон)

Davlat sog'liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish, ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, shuningdek tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko'rsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sog'liqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi; huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog'lig'iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to'g'risida xabardor qiladi; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.