Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko'rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Quyidagi ko'char va ko'chmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb e'tirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan ob'yektlar bundan mustasno):
davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan ko'char va ko'chmas mol-mulk;
korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan ko'char va ko'chmas mol-mulk.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan ob'yektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko'rib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О защите частной собственности и гарантиях прав собственников»
24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta ko'rib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yo'l qo'yilmasligi
(24-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 декабрдаги ЎРҚ-656-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.12.2020 й., 03/20/656/1661-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.