Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish to'g'risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Bunda yetkazilgan zararning o'rni egalik qiluvchiga to'liq qoplanishi kerak.
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qo'yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk ob'yektlarini buzib tashlash to'g'risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qo'yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk ob'yektlarining huquq egasi o'rtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qo'yilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ko'chmas mulk ob'yektini buzib tashlash to'g'risida qaror qabul qilishga olib qo'yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk ob'yektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo'lgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan so'ng yo'l qo'yiladi.
Yer uchastkasini olib qo'yish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo'porib tashlash to'g'risidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Olib qo'yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo'porib tashlashga zararning o'rni bozor qiymati bo'yicha oldindan va to'la qoplanmagunga qadar yo'l qo'yilmaydi.
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror to'g'risida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining ko'chirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qo'ydirib) xabardor qilishi shart.
Olib qo'yilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qo'yilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qo'yilishidan oldingi paytdagi yoki olib qo'yilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga ta'sir ko'rsatgan paytdagi holatga ko'ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkasi olib qo'yilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning o'rnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qo'yilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qo'yilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi bo'lmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash masalalari ham nizoni ko'rib chiqishda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О защите частной собственности и гарантиях прав собственников»
19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari
(19-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 29 июндаги ЎРҚ-782-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.06.2022 й., 03/22/782/0576-сон — 2022 йил 1 октябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.