Закон «О защите частной собственности и гарантиях прав собственников»

13-modda. Xususiy mulkka tajovuz qilishga yo'l qo'yilmasligi

Xususiy mulkka tajovuz qilishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yo'l qo'yilmaydi. Nomaqbulligi oldindan ma'lum bo'lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablag'larni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi. Mulkdorning xo'jalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan yoxud mulkdorni o'z mulkiga bo'lgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi. Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan ta'qib qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.