Закон «О свободе совести и религиозных организациях»

26-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini to'xtatib turish oqibatlari

Diniy tashkilotning faoliyati sudning qarorida belgilangan muddatga to'xtatib turilgan taqdirda, uning xayriya fondlari muassisi sifatidagi huquqlari ham to'xtatib turiladi, unga tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan xo'jalik faoliyati, mehnat shartnomalari bo'yicha xarajatlar, o'z harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash va jarimalar to'lashga doir xarajatlar mustasno. Agar diniy tashkilot faoliyatini to'xtatib turishning sud tomonidan belgilangan muddati davomida uning faoliyati to'xtatilishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, mazkur muddat tugaganidan keyin diniy tashkilot o'z faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Diniy tashkilot ko'rsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda, uning faoliyatini to'xtatib turish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritgan organ mazkur diniy tashkilotni tugatish haqida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.