Diniy tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
shartnoma asosida beriladigan binolardan va mol-mulkdan, shuningdek moddiy-madaniy meros ob'yektlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda o'z ehtiyojlari uchun foydalanish;
xayriya faoliyatini amalga oshirish;
diniy tashkilotning faoliyati bilan bog'liq tadbirlar o'tkazish;
ustavda ko'rsatilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va olib chiqish;
ziyoratlarni tashkil etish yoki boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida xalqaro aloqalar o'rnatish;
yangi dafn etish joylarini tashkil etish va mavjud dafn etish joylarini ta'mirlash to'g'risida takliflar kiritish.
Diniy tashkilot:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga va o'z ustavi qoidalariga rioya etishi;
ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar yoki marosimlar uchun mo'ljallangan joylarda qulay shart-sharoitlar yaratishi;
diniy tashkilot egaligida (foydalanishida) bo'lgan moddiy madaniy meros ob'yektlarining but saqlanishini ta'minlashi, bunda madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni majburiy tartibda bajarishi, arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilish bo'yicha loyiha hujjatlari asosida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi;
adliya organlarini tadbirlar (konferentsiyalar, seminarlar va boshqalar, bundan diniy rasm-rusumlar va marosimlar mustasno) erkin o'tkazilishida ko'maklashish uchun ularning o'tkazilishi to'g'risida xabardor etishi;
adliya organlarini rahbar organning tarkibi o'zgarganligi to'g'risida ushbu qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida xabardor qilishi;
adliya organlariga o'zining o'tgan yilgi faoliyati to'g'risida belgilangan shaklda har yili axborot taqdim etishi shart.
Diniy tashkilot qonunda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo'lishi va uning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О свободе совести и религиозных организациях»
12-modda. Diniy tashkilotning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.