Uy-joy kodeksi

94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor bo'lishi

Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor bo'lishiga olib keladi. Agar turar joy arendasi shartnomasi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.