Maxsus uylardan ko'chirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek o'quv yurtlarida o'qishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki o'qishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan ko'chiriladilar.
Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib o'tilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan ko'chirilishlari mumkin emas.
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan ko'chirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital ta'mirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va o'zga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha ham amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
85-modda. Maxsus uylardan ko'chirish
(85-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.