Uy-joy kodeksi

82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish

(82-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, o'quvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki o'qish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shug'ullanishlari va dam olishlari uchun zarur bo'lgan mebel, boshqa uy-ro'zg'or asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan ta'minlangan bo'ladi. Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Uylarni yotoqxonalarga o'tkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.