Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a'zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin.
Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi bo'yicha shartnoma voyaga yetgan oila a'zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turar joydan ko'chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga yetgan oila a'zolaridan biri bilan tuziladi.
Oila a'zosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o'zgartirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.