Uy-joy kodeksi

63-modda. Uyning kapital ta'mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy kapital ta'mirlanayotganda, ta'mirlashni ijaraga oluvchini ko'chirmasdan amalga oshirish mumkin bo'lmasa, ijaraga beruvchi ta'mirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila a'zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital ta'mirlash o'tkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga ko'chib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning ko'chib o'tishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Kapital ta'mirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yong'inga qarshi, texnik talablarga javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan bo'lishi kerak. Ijaraga oluvchini, uning oila a'zolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga ko'chib o'tishi va (ta'mirlash tugagach) ilgarigi joyiga qayta ko'chib o'tishi ta'mirlanishi kerak bo'lgan turar joy tasarrufida bo'lgan ijaraga beruvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga oluvchi kapital ta'mirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital ta'mirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq to'laydi. Kapital ta'mirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish o'rniga ijaraga oluvchiga, uning oila a'zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin. Turar joy ta'mirlab bo'lingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.