Uy-joy kodeksi

61-modda. Vaqtincha yashovchilar

(61-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o'zaro kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak. Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo'lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir. Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o'tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi, uning oila a'zosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qo'yilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan yetti kun ichida turar joyni bo'shatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida boshqa turar joy bermasdan ko'chirilishlari lozim. Bir kishi hisobiga to'g'ri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonunchilik talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo'yishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.