Uy-joy kodeksi

6-modda. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki

(6-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta'minlashda ko'maklashadi; kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar ko'rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; kam ta'minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko'rgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to'g'risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.