Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan hamda o'zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a'zolarining, o'zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga haqlidir. Ijaraga oluvchi o'zi egallab turgan turar joyning bir qismini, vaqtincha ko'chib ketayotganda esa — barchasini (uning foydalanish huquqi saqlanadigan butun davr uchun) ikkilamchi ijaraga topshirishi mumkin, bunda ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo'lib qoladi.
Ijaraga oluvchining turar joyida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi asosida yashayotgan shaxslar ushbu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo'lmaydilar.
Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda u bilan bir vaqtda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor bo'ladi.
Yangi muddatga shartnoma tuzishga bo'lgan imtiyozli huquq to'g'risidagi qoida turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi uylarda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonunchilik bilan belgilab qo'yiladi.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
57-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish
(57-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.