Uy-joy kodeksi

44-modda. Kvartirada bo'shagan turar joyga ko'chib kirish

Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida bo'lmagan va shu turar joyga tutash xona bo'shab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak. Agar kvartiradagi alohida xona bo'shasa, u belgilangan norma bo'yicha uy-joy maydoni bilan ta'minlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma bo'yicha uy-joy maydoni bilan ta'minlanmagan bir necha ijaraga oluvchi bo'lsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng ko'p muhtoj bo'lgan ijaraga oluvchi bo'shagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladi. Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) bo'shagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.