Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o'n olti kvadrat metrdan kam bo'lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo'lmagan hajmda belgilanadi.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo'shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o'n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og'ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko'ra qo'shimcha maydon zarur bo'lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko'paytirilishi mumkin.
Qo'shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar toifalarining ro'yxati, qo'shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi
(42-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.