Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan bo'lsa, ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir.
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv amalga oshiriladigan ko'p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili;
ko'p kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasi saqlanishini ta'minlash bo'yicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari;
boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq to'lash tartibi va miqdori;
ko'p kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari;
shartnoma bo'yicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari ko'p kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi.
Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko'p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining o'tgan yilgi bajarilishi to'g'risida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi.
Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash uchun tegishli xizmat ko'rsatuvchi va ta'mirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar ko'rsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash shartnomalari
(139-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 14 ноябрдаги ЎРҚ-584-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.11.2019 й., 03/19/584/4025-сон — 2020 йил 1 августдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.