Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga xizmat ko'rsatishga (tegishli texnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni ta'mirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda ko'p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o'z ichiga oladi.
Uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi o'z tasarrufida hamda balansida turgan davlat muassasalari va tashkilotlarining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron bo'lgan uy-joy fondini tiklash xarajatlarini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ko'p kvartirali uylarni joriy va kapital ta'mirlash uchun mablag'larni jamlash (yig'ish) tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
137-modda. Uy-joy fondini saqlash faoliyati
(137-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.