Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to'siq konstruktsiyalar, kvartiralar oralig'idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto'lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko'rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o'z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo'ladi.
Ko'p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.
Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir.
Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va to'siq konstruktsiyalarni, kvartiralar oralig'idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yerto'lalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko'rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaxsga berishi mumkin emas.
Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
124-modda. Turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo'lgan huquqi
(124-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.