Almashtirish bo'yicha olingan turar joyga ko'chib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila a'zolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan chiqarilgani to'g'risida belgi qo'yilgan hujjatlari ko'rsatiladi. Hujjat (order) qat'iy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi.
Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
113-modda. Turar joylarni almashtirish to'g'risidagi shartnomani ijro etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.