Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a'zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila a'zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi va pay jamg'armasining qismiga huquqi bo'lgan uning oila a'zolari o'rtasida turar joyni almashtirish to'g'risida kelishuvga erishilmagan bo'lsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi.
Sud turar joyni majburan almashtirish to'g'risida qaror chiqarganda turar joyga bo'lgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila a'zolari o'rtasida turar joydan foydalanish tartibi to'g'risida ushbu turar joydan foydalanishga bo'lgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan bo'lsa;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi va uning oila a'zolarining pay jamg'armasiga bo'lgan huquqlari teng bo'lmasa;
turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng bo'lmasa.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
107-modda. Oila a'zolarining roziligi bo'lmagan taqdirda turar joyni almashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.