Закон «О туризме»

38-modda. Turizm sohasida sug'urta qilish

Turistlar va ekskursantlarni sug'urta qilish ixtiyoriydir, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega bo'lgan tegishli sug'urta tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning xususiyati hamda shakliga qarab turistlar va ekskursantlarda sug'urta polisi mavjud bo'lishi to'g'risida talab belgilash huquqiga ega. Turoperatorlar o'zining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.