Закон «О туризме»

34-modda. Turoperatorlar va turagentlar birlashmalarining huquqlari

(34-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Turoperatorlar va turagentlar birlashmalari quyidagi huquqlarga ega: turizm sohasi sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini o'tkazish; turizm to'g'risidagi qonunchilik ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish; vakolatli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibida ishtirok etish; turizm sohasi sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish tizimini shakllantirishda ishtirok etish; turizm to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish, turizm sohasini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonlariga boshqa tadbirkorlik sub'yektlarini jalb etish; O'zbekistonning milliy turistik brendini va mahsulotlarni turistik bozorlarda targ'ib etishga, turizm sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga ko'maklashish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.