Закон «О туризме»

29-modda. Turoperatorlar hamda turagentlarning huquq va majburiyatlari

(29-модда иккинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Turoperatorlar va turagentlar o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: turning davomiyligi va yo'nalishini, xizmat ko'rsatish shartlarini, transportda xizmat ko'rsatish turini, turistning, ekskursantning xavfsizligini hamda ularning mol-mulki muhofaza qilinishini ta'minlash choralarini turistning va ekskursantning roziligi hamda xohishiga ko'ra o'zgartirish; turistning va ekskursantning roziligi bilan ularni tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin bu haqda xabardor etish sharti bilan turning shartlashilgan qiymatini ko'paytirish; xizmatlar ko'rsatishning imkoni bo'lmaydigan fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek guruh tuzish uchun zarur bo'lgan turistlar va ekskursantlarning talab qilinadigan soni yig'ilmagan taqdirda, turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasini bekor qilish, bu haqda turistlar va ekskursantlar tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin xabardor etilishi kerak; turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi sub'yektlari tomonidan yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini va ma'naviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish. Turoperatorlar va turagentlar: turistlar va ekskursantlarga turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasida shartlashilgan xizmatlar ko'rsatilishini ta'minlashi; turistik xizmatlar ko'rsatilmagan yoki ular to'liq bo'lmagan hajmda ko'rsatilgan yoxud lozim darajada sifatli ko'rsatilmagan taqdirda turistlar va ekskursantlarga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashi hamda ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilishi; turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari to'g'risida to'liq axborot taqdim etishi; turistik resurslarning saqlanishiga ko'maklashishi; turistlar va ekskursantlar vaqtincha borilgan mamlakatda (joyda) qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.