Turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.
Turistik mahsulotni shakllantirish, targ'ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.
Turistik mahsulotni targ'ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.
Turoperatorlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Turagentlar turistik faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshiradi.
Turoperatorlar turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari ko'rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo'lgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ekskursiya faoliyati yigirma to'rt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros ob'yektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob'yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo'nalishlar bo'yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.
Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya asosiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
turistik mahsulot buyurtmachisi bilan turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasi tuzilganidan keyin turistik xizmatlar ko'rsatish;
har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O'zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo'lishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi axborotni yetkazish;
turistga va ekskursantga o'z ishi tartibi, joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyaning mavjudligi, turizmning muayyan turlarini yuritish uchun mas'ul bo'lgan mutaxassislar to'g'risidagi axborotni taqdim etish, shu jumladan mazkur axborotni o'z rasmiy veb-saytlariga joylashtirgan holda taqdim etish.
lex.uz’dagi asl matn20-modda. Turistik faoliyatni litsenziyalash va turistik faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshirish
(20-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.