Закон «О туризме»

18-modda. Turistik zonalarning turlari

(18-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Turizmni kompleks rivojlantirish va turistik resurslarni lozim darajadagi holatda saqlash, tegishli hududning turistik salohiyatini oshirish, shuningdek ularni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilinishini rag'batlantirish maqsadida turistik zonalarning quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin: erkin turistik zona; kichik turistik zona; maxsus turistik zona. Erkin turistik zona erkin iqtisodiy zonaga tenglashtiriladi. Erkin turistik zonaga va erkin turistik zonaning ishtirokchilari sifatida ro'yxatga olingan tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi qonunchilikning qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar hamda preferentsiyalar tatbiq etiladi. Kichik turistik zona kichik sanoat zonasiga tenglashtiriladi. Kichik turistik zonalarga nisbatan kichik sanoat zonalari to'g'risidagi qonunchilikning qoidalari tatbiq etiladi. Maxsus turistik zona belgilangan maxsus hudud bo'lib, unda turistik resurslar va ushbu hududda muayyan turistik mahsulotni shakllantirish hisobidan turistlarga xizmat ko'rsatilishini ta'minlovchi turistik industriya ob'yektlari jamlanadi. Maxsus turistik zonani tashkil etishda ushbu zona ishtirokchilari uchun shartlar, imtiyozlar va preferentsiyalar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.