Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qo'shimcha ta'minlash maqsadida vakolatli davlat organi huzurida byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi:
turistik yig'imlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamg'armaning vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar bo'yicha tushumlar hamda qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
mablag'larni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo'llab-quvvatlashga, turistik bozorlarda O'zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ'ib qilish uchun yo'naltiradi.
lex.uz’dagi asl matn12-modda. Byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi
(12-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.